Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda joriy yil I chorak yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

15.04.2026
41

Joriy yil 14 aprelda “Oʻzbekneftegaz” AJ bosh geologi N. Muxutdinov raisligida jamiyatning 2026 yil 1 chorak natijalari va 2 chorakdagi ustuvor vazifalari toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazildi. Unda “Oʻzbekneftegaz” AJ Geologiya departamenti boshligi, mutaxassislari, “Neftegaz Injiniring” MChJ direktori oʻrinbosari, “Oʻzbekgeofizika” AJ rahbariyati hamda filiallar masʼullari ishtirok etdi.

Jamiyat boshqaruv raisi R. Yusupjonov tomonidan hisobot berilib, faoliyat natijasida 2D va 3D seysmik qidiruv ishlar rejalari va kon-geofizika buyurtmalari toʻliq bajarilgani, 5 ta geologik struktura tayyorlangani, 29,1 mln tonna shartli yoqilgʻi hajmida C3 resurslari oʻstirilgani hamda Qiziljar, Shagʻirlik va Telegri konlari ochilganligi qayd etildi. Shuningdek, filiallar rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Muhokamalar davomida debitor qarzdorlik, boshqaruv samaradorligi, kadrlar siyosati, mavjud bino-inshootlardan samarali foydalanish hamda texnika va mexanizmlarning ekspluatatsiya qilish holati bilan bogʻliq masalalar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan topshirilgan strukturalardan hisobot davrida 3 ta yangi kon ochilgan boʻlsada, geologlar tomonidan struktura tayyorlash jarayonida geofizik materiallarni chuqur tahlil qilish hamda “Oʻzbekneftegaz” AJ Geologiya departamenti bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi koʻrsatildi. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash, tashkiliy tuzilmani qayta koʻrib chiqish, filiallar faoliyatini optimallashtirish hamda debitor qarzdorlikni qisqartirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Majlis davomida topshiriqlarni bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan tegishli filial rahbarlariga nisbatan intizomiy chora sifatida “hayfsan” berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech