Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Tik seysmik profillash (TSP) usuli

13.04.2023
678

Tik seysmik profillash (TSP) usuli 2D va 3D seysmik qidiruv materiallarini qayta ishlash va talqin qilish uchun zarur boʼlgan burgʼulash bilan ochilgan geologik qatlamlarda seysmik toʼlqinlarning tarqalish tezligini, shuningdek togʼ jinslarining litologik-fatsial xususiyatlarini aniqlash usullaridan hisoblanadi.
2023 yilda neftь va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida “Oʼzbekgeofizika” АJ ning "Buxoro geofizika ekspeditsiyasi" va “Аmirobod kon-geofizika ekspeditsiyasi” filiallari tomonidan Oltinkoʼl-1 va Quyi Pomuq-2 quduqlarida TSP kompleks ishlari olib borildi.
TSP ishlari 2022 yilda harid qilingan zamonaviy АMTs-VSP-3-48 kompleksi yordamida amalga oshirilgan boʼlib, uning ishlab chiqarishga joriy etilishi yuqori sifat va aniqlikdagi dala materiallarini qayd etishga imkon bermoqda.
Quduqlardan olingan geofizik materiallar jamiyatning Ishlab chiqarish geologik uslubiy partiyasi Majmuaviy geofizik tadqiqotlash otryadi tomonidan ishlov berilmoqda va talqin qilinmoqda.
Natijada aniqlangan godograf va intervalli tezlik qoʼrsatkichlariga asoslangan holda, qatlamlar tezligi aniqlandi, shuningdek quduqlardan akustik qattiqlik egri chizigʼi olindi, geologik kesimning quyi qismi kuzatuv intervalida togʼ jinslarining litologik-fatsial xossalari xarakterlandi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech