Manfaatdor tashkilotlardan diqqatiga!
|
№ |
Tovar ish xizmatlarning nomlari |
Miqdori |
|
1 |
Avtotransport vositalari, maxsus texnika va mexanizmlar uchun vaqtinchalik yoqilg'i sarfi me'yorlarini ishlab chiqish |
Texnik topshiriqqa muvofiq |
Tijorat takliflarini O‘zbekgeofizika AJ Boshqaruv raisi Yusupjonov R.A nomiga quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz. kancelyariya@uzbekgeofizika.uz va uzgeoinfo@mail.ru
Tijorat takliflarini qabul qilish muddati e’lon berilgan sanadan boshlab 7 kun.
Qo‘shimcha malumot uchun tel: 88 247 22 20.
TEXNIK TOPSHIRIQ
1. Umumiy maʼlumotlar.
1.1. Nomi: “Oʻzbekgeofizika” AJga qarashli avtotransport vositalari, maxsus texnika va mexanizmlar uchun vaqtinchalik yoqilgʻi sarfi meʼyorlarini ishlab chiqish.
1.2. Buyurtmachi: “Oʻzbekgeofizika” AJ.
1.3. Asos: “Oʻzbekgeofizika” AJning ishlab chiqarish faoliyati uchun
zaruriyat.
1.4. Xizmat koʻrsatish hududi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab, Jizzax viloyati boʻylab, Buxoro viloyati boʻylab, Qashqadaryo viloyati boʻylab, Fargʻona viloyati boʻylab.
2. “Oʻzbekgeofizika” AJga qarashli avtotransport vositalari, maxsus texnika va mexanizmlar uchun vaqtinchalik yoqilgʻi sarfi meʼyorlarini ishlab chiqish shartlari.
2.1. Avtotransport vositalari, maxsus texnika va mexanizmlar uchun vaqtinchalik yoqilgʻi sarfi meʼyorlarini ishlab chiqish boʻyicha ishni toʻliq texnik topshiriqqa muvofiq ravishda 60 kun (kalendar) ichida bajarish talab qilinadi.
2.2. Hisob-kitoblar quyidagi uslubiy materiallarga muvofiq neft va gaz sanoatida amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak:
— Oʻz DSt 8.012:2005 “Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchovlarning bir xilligini taʼminlash Davlat tizimi. Miqdor birliklari”;
— GOST 14.322-83 “Materiallar sarfini meʼyorlash. Asosiy qoidalar”;
— GOST 20306-90 “Avtotransport vositalari. Yoqilgʻi samaradorligi. Sinov usullari”;
— Oʻz DSt 1010:2001 “Avtotransport vositalarining asosiy yoqilgʻi sarfi meʼyorlarini aniqlash metodikasi”;
— Oʻz DSt 1082: 2011 “Siqilgan tabiiy gazda ishlash uchun qayta jihozlangan, ekspluatatsiyada boʻlgan avtotransport vositalari. Umumiy texnik shartlar va sinov usullari”;
— Oʻz RH 88.20-01:2003 “«Avtomobil harakatlanuvchi tarkibi va yoʻl qurilish texnikasi uchun yoqilgʻi-moylash materiallarini sarf qilish stavkalari toʻgʻrisida” maʼlumotnoma va meʼyoriy hujjat», Toshkent, 2012-yil.
2.3. Normativ sarf miqdori sarf meʼyorining fakt boʻyicha oʻlchovlari asosida aniqlanadi, oʻlchovlar avtotransport vositalari, maxsus texnika va mexanizmlarning ishlash sharoiti oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
3. Tanlov ishtirokchisiga (ijrochiga) qoʻyiladigan talablar.
3.1. Tanlov ishtirokchisi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— soʻnggi 2-yil ichida kamida 3 ta muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot;
— ajratilgan jamoada vaqtinchalik yoqilgʻi sarfi meʼyorlarini ishlab chiqish boʻyicha kamida 3-yil ish tajribasiga ega boʻlgan kamida 3 nafar mutaxassisning mavjudligi.



